O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

“Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati”  maktabgacha ta’limni tashkil etish va uni  boshqarish haqidagi fan hisoblanadi. O‘zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta’limni tashkil etishning asosiy bosqichlari, asosiy xususiyatlari va maktabgacha ta’lim bo‘yicha yuqori malakali rahbar, uslubchi, nazoratchi va tarbiyachilarni tayyorlash vazifalari, usul-uslublari, maktabgacha ta’limi bo‘limining asosiy vazifalari, metodik rahbarlik qilish tamoyillari   bu o‘quv fanining mazmunini tashkil etadi.

Maktabgacha ta’limni tashkil etish va  rahbarning  tashkilotchilik  madaniyati fanining maqsadi va vazifalari.

Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati fani bo‘lajak  mudiralarni maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatida boshqaruv jarayoni va uni tashkil etish  bilan yaqindan tanishtiradi.  Shuningdek,   maktabgacha ta’limga qo‘yilgan davlat  talablari, tamoyillari, mazmuni va tarbiyachining shakllantirishni pedagogik asoslarini o‘rgatadi.

- Bo‘lajak mudira oldiga qo‘yiladigan maqsad va vazifalar O‘zbekiston istiqboli va istiqloli uchun barkamol avlodni tarbiyalashning dastabki bosqichi:  

- maktabgacha ta’limda boshqaruvning mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, ta’limiy-tarbiyaviy jihatlarining tarkib  topishi, hamda kasbiga bo‘lgan munosabatni tarbiyalash. Mudira va uslubchining kasbiy xususiyati va unga qo‘yilgan talablar:

- maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyatining nazariy asoslari bilan qurollantiradi. Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish qonuniyatlari bilan tanishtiradi.

-maktabgacha ta’limda ish xujjatlari bilan ish olib borish, bu faoliyat jarayonida mudira va uslubchining vazifalari o`rganiladi.

Fan bo‘yicha talabalarning  bilimiga, ko‘nikma va malakalariga  qo‘yiladigan talablar qo’yiladi.